LODZ
LODZ — Polshaning markaziy qismidagi shahar. Lodz voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 806,7 ming kishi (1999). Kattaligi va sanoat ahamiyati jihatidan mamlakatda Varshavadan keyin 2-oʻrinda. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Atrofidagi shaharlar bilan Lodz aglomeratsiyasini tashkil qiladi.
Ensiklopediya.uz
LODZ