LIZOSOMA

LIZOSOMA

LIZOSOMA (lizo… va…soma) — hujayra organoidi, hujayra ichida oziq xazm boʻlishini taʼminlaydi. Zam-burugʻlar va hayvonlar hujayrasida boʻladi. Shakli pufakchaga oʻxshash, bir membranali, diametri 0,2—0,8 mkm. Membranasi va matriksida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar (fosfataza, nukleazalar, katepsin, kollagenaza, glyukuronidaza, glyukozidaza va b.) bor. Fermentlari kuchsiz kislotali muhitda faol. Hujayrada oʻnlab Lizosoma bor. Golji apparatida hosil boʻladi. Dastlab fermentlari passiv boʻlib, bir-lamchi Lizosoma endotsitoz pufakchalar (fagosomalar) b-n qoʻshilgach, ularning fermentlari faollashadi va yutilgan oziq moddalar hazm boʻla boshlaydi, yaʼni ikkilamchi Lizosoma — hazm vakuollari shakllanadi. L.-hujayraning oʻzini hazm qiladigan boʻlsa (avtoliz) avtofagirlovchi vakuollar (avtofagosomalar, sitolizosomalar) deyiladi. Lizosoma yaxlit xujayra yoki hujayra oraligʻi moddalarini chiqarib tashlash (itbaliqlar dumining soʻrilib ketishi, togʻay oʻrnida suyak hosil boʻlishi, yalligʻlangan joydagi toʻqimalarning yemirilishi)da ham ishtirok etishi mumkin. Ikkilamchi Lizosoma larda oziq moddalarning chala parchalanib, qoldiq moddalarning toʻplanib borishi hujayraning qariganligini koʻrsatadi. Oʻsimlik hujayrasida Lizosomalar topilmagan.

Ensiklopediya.uz
LIZOSOMA