LIZING SHARTNOMASI
LIZING SHARTNOMASI — moliya ijarasiga oid shartnoma. L. sh. boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) 1 taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) 2-taraf topshirigiga binoan ishlab chikaruvchi (sotuvchi) 3-taraf bilan undan oʻz mablagʻi hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini; lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovini toʻlash majburiyatini oladi. Lizing obyekti va subyektlari, lizing toʻlovi, lizing beruvchi va lizing oluvchining majburiyatlari, ularning hamda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning javobgarligiga oid qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining FK va OʻzRning «Lizing toʻgʻrisida»gi qonuni (1999-y. 14 apr.) da belgilangan.
Ensiklopediya.uz
LIZING SHARTNOMASI