LIVINGSTON
LIVINGSTON (Livingstone) David (1813.19.3, Blantayr, Lanark grafligi — 1873.1.5, Chitambo, Zambiya) — shotlandiyalik sayyoh. Ixtisosi — vrach. Markaziy va Jan. Afrikani tadqiq qilgan. 1840-y. da London missionerlar jamiyati tomonidan Jan. Afrikaga yuborilgan. 1841 — 52 y. larda Kalaxari bechuanlari orasida yashab, oʻsha yerlarni urgandi. 1849-y. da Ngami koʻli va 1851-y. da Linyanti daryosi hamda Kvando (Zambezi daryosi irmogi) daryosi etagigacha yetib bordi. 1853—54 y. larda Zambezi daryosi boʻylab yurib, Atlantika okeanining Luanda sohillariga chiqdi. 1855-y. da Zambezi daryosining butun oqimini deltasigacha oʻrgandi va yevropalilardan birinchi boʻlib Viktoriya sharsharasini koʻrishga muyassar boʻldi. 1856-y. mayda Kelimane sh. yakinida Hind okeani sohiliga yetib kelib, materikni kesib oʻtishni yakunladi. Buyuk Britaniyaga qaytib, 1857-y. da sayohati haqida asarlarini nashr qildirdi; ushbu sayohati uchun Livingstonni Qirollik geografiya jamiyati oltin medal bilan taqdirladi.
Ensiklopediya.uz
LIVINGSTON