LIV. 52 tabletkasi to’liq malumot oling
Liv. 52 tabletka
#Лив. 52 таблетка
?DORI SHAKLI : tabletka
?TARKIBI : ?
Tabiiy mahsulotlar hisoblanadi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Jigar faoliyatini normallashtiruvchi , o’t safro haydovchi ta’sirga ega. Gepatoprotektiv ta’sirga ega.
?QO’LLANILISHI ?
— O’tkir va surunkali gepatitda qabul qilish mumkin.
— Gepatitning infeksion va toksik shakllarida qo’llaniladi.
— Kattalarda jigar sirrozi kasalligida qabul qilinadi.
— Anoreksiyda kasalligida ( anoreksiya bu ishtahaning pasayib ketishi va ozib ketish ).
— Jigarning antibiotiklar , tuberkulyozga qarshi preparatlar va boshqa dori vositalari orqali zaharlanish holatlarida profilaktika sifatida qabul qilish mumkin.
— Jigarda oqsil sintezi faoliyatini normallashtiradi.
— Jigar hujayralarini tiklanishini ta’minlaydi.
— Jigarning alkogol vositalaridan zaharlanish holatlarida qo’llaniladi.
— O’t safro haydovchi ta’sirga ham ega ( желчегонный) .
— Jigarni viruslar va toksinlar natijasida zaharlanish holatlarida va jigar parenximasini yallig’lanishida qo’llaniladi.
?QO’LLASH USULI VA DOZALASH MIQDORI ?
Kattalarga kuniga 2 tabletkadan 2 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.
6 yoshdan katta bolalarga esa kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.
6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas ❌
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Terida allergik reaksiyalar berishi mumkin ( teri toshmalari va teri qichishishi kabi ).
❌QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda .
— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— 6 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga mumkin emas.
— Oshqozon ichak og’ir kasalliklarida ham qo’llash mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
Liv 52 tabletkasini oshqozon ichak tizimida og’ir kasalligi bor bemorlar qo’llashi mumkin emas.Yengil holatlarda esa ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qabul qilish buyuriladi.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Hindiston.
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali
Dorixona
LIV. 52 tabletkasi