LITORAL

LITORAL

LITORAL (yun. lithoralis – qirgʻoqqa tegishli) — dengiz sohilining suv bosib turadigan suv koʻtarilish-qaytish zonasi. Moʻtadil iqlim L. ida bir kechakunduz va yil davomida xarorat, suvning shoʻrlanishi ancha oʻzgarib turadi. Shu sababdan Litoralda keng mikyosda moslanish xususiyatiga ega boʻlgan evribiont turlar: suvoʻtlar (asosan, fukussimonlar, diatom suvoʻtlar), qisqichbaqasimonlar (balanuslar, yonlab suzarlar), aktiniyalar, korall poliplar, mollyuskalar (midiya, littorina va b.) va b. organizmlar yashaydi. Qishda Litoral muzlab krlishi mumkin, shuning uchun ayrim organizmlar sublitoralga koʻchib oʻtadi, boshqalari oʻzining faol hayotiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Moʻtadil iqlimda 1m2sovuq Litoralda 5 — 10 kg biomassa hosil boʻladi. Arktika yoki Antarktida taʼsirida Litoralda deyarli hayot boʻlmaydi. Chuchuk suvli koʻllarda Litoral 5—7 m chuqurlikkacha hayotga eng boy zona hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
LITORAL