LISYANSKIY Yuriy Fyodorovich
LISYANSKIY Yuriy Fyodorovich (1773.2.8, Nejin – 1837.22.2, Peterburg) — rus dengizchi sayyohi, 1-rang kapitani (1809). 1803—06 y. larda «Nadejda» va «Neva» kemalarida uyushtirilgan dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasida «Neva» kemasiga boshchilik qilgan (ekspeditsiya rahbari va «Nadejda» kemasining komandiri I. F. Kruzenshtern edi). 1803-y. avg. da kemalar Kronshtadtdan chikib Gavayi o. larigacha birga suzdilar. U yerdan «Nadejda» Kamchatkaga, «Neva» esa Alyaska tomon yoʻl oldi. Alyaskada bir yildan koʻproq turib, tadqiqot ishlari olib bordi. Qaytishda kemalar Kantonda uchrashib, soʻngra Jan. Afrika tomon birga suzdilar. 1806-y. da ekspeditsiya Kronshtadtga qaytib keldi. Ekspeditsiya Tinch okeanning kam oʻrganilgan r-nlarini tadqiq qildi, gidrografik kuzatishlar olib bordi, etnografik materiallar toʻpladi. L. Boltik, flotida oʻz xizmatini davom ettirib, 1809-y. da isteʼfoga chikdi. Gavayi o. laridan biri, Oxota dengizining shim. dagi yarim orol, Saxalin o. dagi togʻ Lisyanskiy nomi bilan atalgan.
Ensiklopediya.uz
LISYANSKIY Yuriy Fyodorovich