LISHAYNIKLAR

LISHAYNIKLAR

LISHAYNIKLAR (Lichenes) – zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar Lishayniklarga tuban oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. Lishayniklar haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali Lishayniklar (maʼlum boʻlgan deyarli hamma Lishayniklar) va bazidiyali Lishayniklarga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvoʻtlar L. ning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, Lishayniklarning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi.

Ensiklopediya.uz
LISHAYNIKLAR