Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar! haqida to’liq ma’lumot oling

Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar! haqida to’liq ma’lumot oling

🧠 Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

💭 Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
✅ Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

💭 Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
✅ Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3×3 smgacha bo‘ladi.

💭 Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
✅ Homiladorlik paytida ona organizmida kalsiyni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

💭 Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
✅ Bunga asosiy sabab bola organizmidagi kalsiy yetishmovchiligi.

💭 Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
✅ Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin(Nevropatolog ko‘rigi zarur).

💭 Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
✅ Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.

💭 Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
✅ Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degradatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.

Manba© «Sog’lom farzand»

Malumotlar
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!