LIPMAN Fris Albert

LIPMAN Fris Albert

LIPMAN Fris Albert (1899.12.6, Kenigsberg, hoz. Kaliningrad — 1986) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1950-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari toʻqimalardagi moddalar almashinuviga oid. Uglevodlar metabolizmida fosfatlar fosfat guruxlarini yoʻqotib, nisbatan oz, baʼzan koʻp mikdorda energiya ajratib chiqarishi mumkin. Shunga asoslanib energiyasi kam va energiyaga boy fosfatlar mavjudligini, ular har qaysisining tavsifli strukturasini aniqladi. Kabutar jigaridan fermentativ reaksiyalarda atsil guruxlarini tashishda ishtirok etadigan birikmani ajratib oldi va unga A konforment deb nom berdi (1947), uning tuzilishini tek-shirdi va biologik rolini anikladi. Nobel mukofoti laureati (1953).

Ensiklopediya.uz
LIPMAN Fris Albert