Linux Mint o’rnatish

Linux Mint o’rnatish

Linux Mint o'rnatish

Linux Mint distributivini kompyuterga DVD yoki flesh-diskdan o’rnatish mumkin. Flesh-diskdan o’rnatish tezroq va qulayroq amalga oshiriladi. Linux Mint bilan flesh-disk yaratish haqida «Rufus – yuklovchi flesh-disk yaratish vositasi» maqolasida o’qishingiz mumkin. Kompyuterni flesh-diskdan yuklash uchun BIOS-dagi yuklash uskunalarining tartibini o’zgartirish lozim, ya’ni USB-diskni birinchi o’ringa qo’yish kerak.

linux mint ornatish 65e61100e26fd

Flesh-diskni kompyuterga qo’yib, kompyuterni yoqish kerak. Linux Mint distributivining ish muhiti – Cinnamon yuklanadi.

linux mint ornatish 65e61101e8af5

Ish stolidagi Linux Mint o’rnatish (Install Linux Mint) belgisini bosish kerak. O’rnatish dasturi tilni tanlash imkoniyati bilan ishga tushiriladi.

linux mint ornatish 65e61102e36d2

Tilni tanlaymiz va Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Klaviatura tartibini tanlash oynasi paydo bo’ladi.

linux mint ornatish 65e611039037c

Klaviatura tartibini tanlaymiz va Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Drayverlar va qo’shimcha dasturiy ta’minot o’rnatishni tanlash oynasi paydo bo’ladi. Agar kompyuter internetga ulangan bo’lsa, ushbu imkoniyatdan albatta foydalanish kerak.

linux mint ornatish 65e61104777b9

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz va diskni bo’lishga o’tamiz.

linux mint ornatish 65e6110554ff7

Agar Linux Mint kompyuterdagi yagona tizim bo’lsa Diskni o’chirib Linux Mint o’rnatish (Стереть диск и установить Linux Mint) tanlaymiz. Agar Linux Mint va boshqa operasion tizimni (Windows va hokazo) birgalikda ishlatmoqchi bo’lsangiz Boshqa variant (Другой вариант) tanlaymiz. Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz va diskni bo’lish sxemasiga o’tamiz.

linux mint ornatish 65e61106378cd

Bo’sh bo’limni tanlaymiz va O’zgartirish (Изменить…) tugmasini bosamiz.

linux mint ornatish 65e61106e00a7

Paydo bo’lgan oynada disk bo’limi o’lchamini (Размер), fayl tizimi turini (Использовать как:), ulash nuqtasini (Точка монтирования) belgilaymiz, Bo’limni formatlash (Форматировать раздел) tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Jarayonning qaytarib bo’lmasligi haqida ogohlantirish paydo bo’ladi.

linux mint ornatish 65e6110744ffa

Hammasini to’g’ri bajarganligingizda ishonchingiz komil bo’lsa Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Yana disk bo’lish sxemasi paydo bo’ladi.

linux mint ornatish 65e61107a0e31

Hozir o’rnatish (Установить сейчас) tugmasini bosamiz va soat mintaqasini sozlashga o’tamiz. Xaritada manzil ustiga bosganda vaqt mintaqasi avtomatik ravishda tanlanadi.

linux mint ornatish 65e611084fd78

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosib kompyuter nomini va foydalanuvchi nomini sozlashga o’tamiz. Kompyuter nomi, foydalanuvchi nomi va parolni kiritishda faqat lotin harflarini va raqamlarni ishlatish mumkin.

linux mint ornatish 65e61109209c4

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosganimizdan keyin o’rnatish jarayoni boshlanadi va taqdimot namoyish etiladi.

linux mint ornatish 65e61109c7876

O’rnatish jarayoni tugagandan so’ng jonli sessiyani davom ettirish yoki kompyuterni qayta ishga tushirish imkoniyati bilan oyna ko’rsatiladi.

linux mint ornatish 65e6110a6b1b0

O’rnatish tugadi! Kompyuterni qayta ishga tushirgandan so’ng siz Cinnamon ish muhitini ko’rasiz.

linux mint ornatish 65e6110aeb600

Manba:

Operatsion Tizim
Linux Mint o’rnatish