LINT
LINT (ing. lint) , momiq — jinlangan (tolasi ajratilgan) chigitda krlgan kalta tola. Oʻrta tolali gʻoʻza chigitida (seleksion navi va paxtasining sanoat naviga koʻra) dastlabki vaznining 11—17% mikdorida, uzun tolali gʻoʻza chigitida esa 2,4—5,0% mikdorida kalta tolalar boʻladi. Paxta tozalash z-dlarida Lint maxsus arrali linter (mo-miq ajratgich) mashinalarda ajratib olinadi va bu jarayon linterlash deb ataladi.
Ensiklopediya.uz
LINT