LINQ asoslari
LINQ (Language-Integrated Query) — bu ma’lumot manbasidan so’rov olish uchun oddiy va qulay til. Ma’lumotlar manbayi sifatida — IEnumerable interfeysini (masalan, standart to’plamlar, massivlar) amalga oshiradigan obyekt, DataSet, XML hujjati bo’lishi mumkin. Ammo manba turidan qat’iy nazar, LINQ ma’lumotni olish uchun barchasi uchun bir xil usulni qo’llashga imkon beradi.
Qisqacha qilib aytganda LINQ — kodni ixchamlashtirish va oson o’qish imkoniyatini beradi va undan turli xil ma’lumot manbalari uchun so’rovlarda foydalanish mumkin.
LINQ so’rovlari natijalarni obyekt sifatida qaytaradi. Bu sizga natijalar to’plamida obyektga yo’naltirilgan yondashuvni ishlatishga va natijalarning turli formatlarini obyektlarga aylantirish haqida tashvishlanmaslikka imkon beradi.
LINQ dan foydalanish uchun bizga .Net Framework 3.5 va C# 3.0 kerak bo’ladi(foydalanish uchun minimum versiyalar).
System kutubxonasiga qo’shimcha ravishda System.Linq kutubxonasidan foydalanamiz.
Dasturlash
LINQ asoslari