LINGVISTIK TIPOLOGIYA
LINGVISTIK TIPOLOGIYA (yun typos — nusxa, andoza, shakl, iz va logos — soʻz, taʼlimot) — tillar oʻrtasida genetik munosabatlardan katʼi nazar, ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy urganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan Lingvistik tipologiya tillardagi farqli va uxshash alomatlarni guruxlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yuli bilan tatbiq etish metodi hisoblanadi. Vazifasiga kura, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va sturuktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi amorf (affikslari bulmagan), agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik shakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semanik, fonologik, grammatik va stilistik satxlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va, binobarin, tilning har bir sathiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining rivojlanishi va qad. tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning ichida (baʼzan unga maʼnodosh qoʻllanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy oʻzgarishlarni oʻrganadi. Tillarning hoz. holatini qiyoslash sinxronik tipologiya ga tegishlidir. Lingvistik tipologiya kengmi-qyosda tillar universaliyalari bilan bogʻlanadi.
Ensiklopediya.uz
LINGVISTIK TIPOLOGIYA