Limon yetishtirish. Limon tanasidan oʼstirish
Limon yetishtirish. Limon tanasidan oʼstirish
DO`STLARGA ULASHING:
Limon yetishtirishni boshlayotganlar uchun limon daraxti tanasidan foydalangan xolda yetishtirish eng mashxur usul xisoblanadi. Limonning tanasidan oʼstirish juda xam murakkab ish xisoblanmaydi. Аgar siz oʼstirmoqchi boʼlgan limon daraxti tanasi ikki barobar yashovchanligini taʼminlamoqchi boʼlsangiz tana uchun kichik issiqxona tashkil qilishingiz lozim.
Kichik issiqxona qanday boʼladi?
Limon tanasini yekgan tuvagingizni kichik plastmas idish yoki “banka” bilan yopishingiz lozim boʼladi. Bu holatda limon tanasi xuddi issiqxonada joylashtirilgandek boʼladi. Idish ichida doimiy harorat ushlanib turadi hamda tananing yashovchanligini ikki barobarga koʼpaytiradi.
Ishni nimadan boshlash lozim?
Аlbatta limon daraxtidan tanani kesib olganingizdan keyin ushbu tanani ildiz chiqarishga yordam beradigan dori vositasi bilan suvli aralashma ichiga qoʼyiladi. Shundan soʼng tana ekiladigan idish yoki tuvak kerakli qumli aralashma bilan toʼldiriladi. Idish diametri 10 sm boʼlishi tavsiya etiladi.Tuvakka limon tanasini joylashtirganingizdan keyin tananing atrofini qum bilan presslashga harakat qiling. Shundan keyin tananing atrofiga suv quyib yuqorida aytilgan idishlardan biri bilan yopib quying.
Tanada limon barglari boʼlib, ular ypilgan idishga tegadigan boʼlsa(xuddi rasmdagide) ham hech qanday zarari yoʼq. Koʼchatni ekkaningizdan soʼng uning qumi qurib qolmasligiga eʼtibor bering. Sitrus oʼsimliklari namlikni yoqtirishadi. Аgar siz limon tanasini qishda yekkan boʼlsangiz, hamda tana koʼkarayotganin koʼrsangiz ham ustiga qoplangan idishni birdaniga olib tashlashga harakat qilmang. Olib tashlash uchun koʼchatni sekinlik bilan muhitga oʼrgatish lozim boʼladi. Har kuni 15 daqiqadan qoplangan idishni olib qoʼyib, 15 daqiqadan qoʼshib boriladi(birinchi kun 15 daqiqa, 2 kun 30, 3 kun 45 va h.k).
Limon yetishtirish. Limon tanasidan oʼstirish