Limon va sabzili “assorti”

Limon va sabzili “assorti”

Limon va sabzili “assorti”

DO`STLARGA ULASHING:

Sovuq kunlar boshlanishi bilan ko‘pchilikni xalq orasida shamollash deya umumiy nom bilan ataluvchi turli viruslar sababli yuzaga keladigan gripp va O‘RVI bezovta qiladi.

Sabzili assorti

Shunda ayrim bemorlargina xalq tabobati usulida davolanishga harakat qilishadi. Ko‘proq xastalar dorixonalarga murojaat etib, sun’iy, kimyoviy dori vositalari bilan davolanishni afzal bilishadi.

Quyida sizga sariq sabzi va limondan tayyorlangan shakarli “assorti” malhamini tavsiya etamiz. Yarim kilo limon va sariq sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Keyin unga yarim kilo shakar aralashtiriladi. So‘ngra ushbu barcha masalliq sirli yoki chinni idishga solib, bo‘yalmagan oddiy yog‘och qoshiq bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan malham shisha idishlarda va og‘zi mahkam holatda muzlatgichda saqlanadi. Bu “assorti” malhami tarkibida S darmondorisi mo‘lligi sababli qon tomirlar devorini mustahkamlaydi hamda immunitetni ko‘taradi. Ammo, gastrit (me’da yallig‘lanishi) hamda o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari mavjud, shuningdek, pankreatit (me’da osti bezi yallig‘lanishi)ning o‘tkir xuruji davri hamda allergiyaga moyilligi bor bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Sariq sabzi o‘rniga uning qizil ranglisini qo‘llasa ham bo‘ladi. Biroq, qizil sabzi nisbatan shirinroq. Malhamga shakar qo‘shilganligi sababli u o‘ta shirin bo‘lib ketadi. Shuningdek, sariq sabzi tez me’daga tegmaydi.

soglom.uz/tavsiya/limon-va-sabzili-assorti/

Limon va sabzili “assorti”