Limon daraxti hosilini uzish va kasalliklarga qarshi kurashish to’liq malumot oling
Bu ishga oktabr oxirida, mevalari sargʼaya boshlagan paytda kirishiladi. Limon odatda noyabr oyida rosa pishadi (poʼsti butkul sargʼayib qizgʼish tusda tovlanadi).
Mundarija
скрыть
Limon maxsus moslama yordamida uziladi, koʼndalang deametri boʼyicha (70 mm va ortiq 69 – 10, 50 – 51, 50 – 45, 44 – 42 mm) besh kategoriyali sortlarga ajratiladi, soʼngra koʼpi bilan 20 kg (60x35x13) ketadigan yashiklarga joylanadi.
Qogʼoz solingan har bir yashikka bir xil kattalikdagi mevalar dioganal qator yoki shaxmat shaklida joylanadi, shu bilan birga, har qaysi limon meva oralatib yupqa papiros qogʼoziga oʼraladi, limonlar 5 – 70C da saqlanadi.
Limon-daraxti
Limon kasallik – zararkunandalari va ularga qarshi kurashish
Issiqxonadagi limon daraxtlari koʼpincha yumshoq qurt – qalqondor giyoh biti (shira) va kanalardan zararlanadi. Qalqondorni yoʼqotish uchun oʼsimliklar Zalonning 0,3 % li eritmasi bilan (5 – 6 kun oralatib 2 marta) yaxshilab purkaladi.
Qalqondorning axlati (eksterementi) ga kuya zamburugʼi tushadi. Bu kuya barglardan yoʼqolmaydi. Uni yoʼqolishi uchun barglarga qoʼshimcha ravishda 1 % li bordos yoki 0,5 % li mis xlor oksidi eritmasi purkaladi. Kanalarga qarshi oʼsimliklarga 0.2 % li Keltan eritmasi sepiladi.
Oʼsimliklar gommoz (tanadan yelim oqishi) bilan kasallanganda u boshlangan paytdayoq pustloq va yogʼochlikning zararlangan qismi to sogʼlom qavatigacha kesib olinadi. Shundan keyin tozalangan joy 3 % li mis kuporosi (tutiyot eritmasi) bilan dezinfeksiya qilinadi va bogʼ qaynatmasi surtib qoʼyiladi. Bunday qaynatma tayyorlash uchun kanifol va asalari mumini (2:1) oz miqdorda mol yogʼi qoʼshib qizdiriladi.
Daraxt tanasining hamma aylanasi gommoz bilan zararlanganda, uni ildizi bilan zararlanganda, uni ildizi bilan kovlab olib koʼydirib tashlanadi, tuproq esa formalinnig 1 % li eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi.
Biznes Tavsiyalar
Limon daraxti hosilini uzish va kasalliklarga qarshi kurashish