Endi esa LIMIT operatori haqida gaplashamiz. LIMIT bizga biz so‘ragan miqdordagi ma’lumotlarni bizga taqdim qilish uchun ishlatiladi. Deylik, bizda ilgari yaratilgan va ba‘zi ma‘lumotlar bilan to‘ldirilgan Products nomli jadvalimiz bor:
Endi esa biz jadvalimizda mavjud bo‘lgan hamma ma’lumotlarni emas, istaganimizchanisinni chiqarishni harakat qilib ko‘ramiz. Bunda bizga LIMIT yordamga keladi 🙂 Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxat boshidan 3 ta donasini chiqarishni istadik:
SELECT*FROM ProductsORDER BY ProductNameLIMIT3;
Endi masalaga boshqacha yondashib ko‘rsak. Bizga ro‘yxat boshidan emas aniq bir pozitsiyasidan keyin bir qancha ma’lumotlar kerak bo‘lib qoldi desak. Bu yo‘sinda masalaning yechimi OFFSET operatori hisoblanadi.
a]:text-periwinkle-700 [&>a:hover]:text-periwinkle-800 [&>code]:bg-periwinkle-700/4 [&>code]:text-inherit [&>code]:shadow-none text-periwinkle-900 fill-periwinkle-700 stroke-periwinkle-700 dark:text-periwinkle-200 dark:[&>a]:text-periwinkle dark:[&>a:hover]:text-periwinkle-600 dark:[&>code]:bg-periwinkle-200/2 dark:[&>code]:text-inherit decoration-periwinkle-700/6 dark:decoration-periwinkle/6 dark:fill-periwinkle-400 dark:stroke-periwinkle-400 flip-heading-hash»>OFFSET – qaysi o‘rindan boshlab SELECT qilishni ko‘rsatish uchun foydalaniladi! (yoki LIMIT)
Demak, ro‘yxatimizning birorta o‘rnidan boshlab biz so‘raganchalik ma’lumotlarni chiqarishni ko‘ramiz:
SELECT*FROM ProductsLIMIT3 OFFSET 2;
Agar bizga ma’lum miqdordagi ma’lumotlar emas, balki o‘sha o‘rindan boshlab ro‘yxat oxirigacham ma’lumotlar kerak bo‘lsa, u holda:
SELECT*FROM ProductsORDER BY ProductNameOFFSET 2;
Yoki, LIMIT dan keyin ALL kalit so‘zi yozish orqali amalga oshadi:
SELECT*FROM ProductsORDER BY ProductNameLIMIT ALL OFFSET 2;