LIMAN SUGʻORISH
LIMAN SUGʻORISH, liman usulida sugʻorish — yerni erta bahorda erigan qor va daryolarning toshqin suvlarini limanlarda tutib qolish bilan bir marta bostirib sugʻorish. Ekinlar yetishtirish uchun tuproqda yetarli nam toʻplash maqsadlarida oʻtkaziladi. Liman sugʻorish yarim qurgʻoqchil mintaqalar (Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy va Sharqiy Sibirning choʻl mintaqalari, Ukraina, Qozogʻiston va b.)ning oʻsimliklar uchun bahorgi bir marta bostirib sugʻorish va soʻngra yozgi yogʻinlar hisobiga tuproqda toʻplanadigan nam zaxirasi kifoya qiladigan sharoitlarida qoʻllaniladi. Doimiy sugorish usuliga qaraganda joʻn va 9—30-marta arzonga tushadi. Limanni barpo etishga qilingan xarajat qoʻshimcha hosil evaziga 1—4 yilda qoplanadi.
Ensiklopediya.uz
LIMAN SUGʻORISH