LIDAZA haqida
Lidaza #Лидаза ?DORI SHAKLI : ? Ineksiya uchun va mahalliy qo’llash uchun eritma tayyorlash uchun liofizilat. ?TARKIBI : ? 1 ampula gialuronidaza saqlaydi — 1280 XB . ?TA’SIRIGA KO’RA ? Ferment preparat ?QO’LLANILISHI ? — To’qimalar shishini kamaytiradi va chandiqlarni yumshatadi va kamaytiradi. — To’qimalar faoliyatini yaxshilaydi. — Bo’g’imlarda xarakatlar xajmini oshiradi. — Kuyish , travmatik va opertsiyadan keyingi chandiqlarda . — Uzoq vaqt bitmaydigan yaralarda. — Nurlanish xolatlarida . — Dyupyuitren kontrakturasida . — Bo’g’imlarning kam xarakatliligida . — Bo’g’imlarning jarohatlar va yallig’lanish jarayonlaridan keyingi holatlarida qo’llaniladi. — Osteoartroz va ankilozlovchi spondiloartritda qo’llaniladi. — Bel disklarining og’ir kasalliklarida. — Surunkali tendovaginitda va sklerodermiyada (teri kuyishida). — Yumshoq to’qimalarning yuza joylashgan gematmasida ,ya’ni qon quyilishida. — Chandiqli tortishishlar yuzasidan teri plastik operatsiyasiga tayyorlash uchun. — O’pka tuberkulyozida ( silida ) qo’llash mumkin. — Yuqori nafas yo’llarida va bronxlarda obstruksiya ko’rinishlari bilan kechuvchi yallig’lanish holatlarida. — Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishida ( pleksit va nevrit kabi kasalliklarda ). — Gifema , gemoftalmda va turli retinopatiyalarda qo’llash mumkin. ?QO’LLASH USULI ? Qo’llanilishiga kelsak teri ostiga va mushak orasiga yuborish mumkin. Mushak orasiga 2 ml novokainga eritib yuborish mumkin. Teri ostiga esa 0,9 % 1 ml natriy xlor eritmasida eritib yuborish mumkin. Vena ichiga yuborib bo’lmaydi. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. — Uzoq qo’llanganda mahalliy teri reaksiyasi dermatit kuzatilishi mumkin. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda. — O’tkir infeksion yallig’lanish kasalliklarida mumkin emas. — Yaqinda yuz bergan qon quyilishlarda mumkin emas. — Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas. — 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas. ▶Infeksion yallig’lanish soxasiga va o’smalarga yuborish mumkin emas. ▶O’tkir qon ketishlarda lidazani qo’llash mumkin emas. Lidaza juda yaxshi preparat hisoblanadi. Shaxsan o’zim bu preparatni juda yaxshiligini tan olaman. ?Qo’llash — Retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi— Rossiya @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,,ТАБЛЕТКА » kanaliLIDAZA haqida
DO`STLARGA ULASHING:
?ADMIN MASLAHATI ?
LIDAZA haqida