Liboslar bilan qomatimizni rostlaymiz!
Qaddi raso ayollar uchun libos tanlash muammo emas. Ammo qomatni har doim ham ideal darajada saqlab qolishning imkoni yo’q. Tushkunlikka tushmang, toki ushbu maslahatlarimiz siz va sizning go’zalligingiz uchun xizmat qiladi! Keng bo’ksalarni yashiramiz! Burmalar keng bo’ksalarni pana qiladi – ko’ylakning beldan yuqori qismi chiroyli yelkalarga, ko’krak va belga urg’u beradi, burmali yubka esa bo’ksalardan e’tiborni chalg’itadi. Bunday libos tizzadan biroz uzunroq bo’lgani ma’qul. Chegaralarni silliqlashga nima deysiz? – Ko’ylakning old qismidagi vertikal burmalar qomat chegaralarini silliqlab, umumiy qiyofani cho’zinchoq ko’rsatadi. Bunday ko’ylakda muammongiz ahamiyatini yo’qotadi. Ikki xil rangdagi libos – “Futlyar” bichimidagi ko’ylak qomatni silliqlaydi, vertikal qo’yilmalar qomatni, xususan, bo’ksalarni ham bejirim ko’rsatadi. Qomatning qorin qismiga e’tibor Ko’ylakning yuqori qismini bezaymiz – yuqori qismi serburma va old tarafi ustma-ust tushgan bunday bichimdagi ko’ylak, ayniqsa, beldan pasti “to’kilib” tursa har qanday ortiqcha santimetrlarni berkitadi. Diagonal naqsh – oddiy andoza, tekis bichim, lekin antiqa naqshlar. Kiyimning bel qismidagi qiya yo’l-yo’l naqshlar e’tiborni chalg’itadi. Lekin bunday ko’ylak badanga yopishib tursa, muammoingizni bo’rttirib ko’rsatishini ham inobatga oling! Tasmali ko’ylak – qomatni “o’rab turuvchi” bunday ko’ylaklar ayol kishiga xushbichim qiyofa baxsh etadi. Beldan pastga tushuvchi burmalar qorinni berkitishga yordam beradi. Ko’ksimizdagi muammolarni hal qilamiz! Mayda gulli liboslar – guldor matodan tikilgan kiyimlar katta ko’kraklarni kichikroq ko’rsatadi. Gullar qanchalik mayda bo’lsa, qomatning ko’krak qismi shuncha ixcham ko’rinadi. Old qismi keng o’ymali ko’ylak – bunday ko’ylakning ichidan och rangdagi top kiyilsa, V-shaklidagi o’yma ham e’tiborni chalg’itadi, ham ko’kraklarni ixcham ko’rsatadi. Ustma-ust tushgan yoqalar – ustma-ust tushgan yoqali ko’ylak o’z-o’zidan ko’krak hajmini kichik ko’rsatsa, bel va yelkadagi bezaklar kishi e’tiborini jalb etadi. Libosning orqa qismini “silliqlash” usuli. To’g’ri bichimdagi ko’ylaklar – bu juda to’g’ri yechimdir. Asosiysi, belbog’ni tarang tortmaslik. Orqaga e’tiborni jalb qilmaslik uchun belga yengilgina belbog’ bog’lash kerak. Keng etakli yubka – bunday ko’ylaklarning yubka qismi qiya bichilgani uchun burmalari orqa tarafni yaxshi bekitadi. Agar ko’ylakning yuqori qismi ko’rkam bichimda bo’lsa, nur ustiga a’lo nur! “Baska”ning afzalligi – bunday muammolarda eng qulay ko’ylak turlaridan biri “Baska” (beli burma) bichimidagi kiyimlar hisoblanadi. Dizaynerlarning ushbu ijod mahsuli qomatdagi kamchiliklarni yashirib, barcha muammoni “silliqlab” yuboradi. Saodat tayyorladi.Liboslar bilan qomatimizni rostlaymiz!
DO`STLARGA ULASHING:
Liboslar bilan qomatimizni rostlaymiz!