LI

LI

LI (Lie) Sofus (1842.17.12, Norfyerdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hoz. Oslo) — norveg matematigi. Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1896). Oslodagi Xristianiya un-tini tugatgan (1865); shu un-tda (1872—86), soʻng Leypsig un-tida (1886—98) prof. Li gruppalari deb ataladigan uzluksiz gruppalar nazariyasining asoschisi (q. Gruppa). L. ning bu sohadagi ishlari differensial tenglamalar nazariyasida, algebra, geometriya, topologiya va b. sohalarda muhim oʻrin tutadi. N. I. Lobachevskiy nomidagi Xalqaro mukofotga sazovor bulgan (1897).

Ensiklopediya.uz
LI