LEYSIT

LEYSIT

LEYSIT (leyko…) — jins hosil qiluvchi mineral (karkasli alyumosilikatlar tarkibida), kimyoviy tarkibi K[AlSi,OJ. Analsimga izostrukturali. Diamorfizm xususiyatiga ega boʻlib, oddiy t-rada tetragonal, 605° dan yuqorida kub singoniyada kristallanadi. Kristallarining tomonlari toʻgʻri tuzilgan — poliedrik boʻladi. Rangsiz, kulrang, och sariq. Qattikligi 5—6, zichligi — 2,5 g/sm3, moʻrt. Kaliyga boy effuziv va gipabissal togʻ jinslarida uchraydi. Oʻzgarganda soxta leysit, analsit, seritsit, kaolinit, epileysitga aylanadi. Shisha sanoatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
LEYSIT