LEYKOZ
LEYKOZ (leyko…) , leykemiya, oq qon — qon ishlab chiqaradigan toʻqimalarning oʻsma kasalligi, bunda koʻmik zararlanadi va normal kon hosil boʻlishi jarayoni buziladi; qon yaratuvchi aʼzolarda yosh patologik hujayra elementlari oʻsib ketadi, limfa tugunlari va talok, kattalashadi, qonda oʻziga xos oʻzgarish sodir boʻladi. Kasallik sababi toʻla-toʻkis aniklanmagan. Leykozning kelib chiqishida virusli, endogen, kimyoviy va radiatsion nazariyalar mavjud. Oʻtkir Leykoz, surunkali miyeloleykoz (miyeloid turkumidagi xujayralarning hosil boʻlishi buziladi) va b. shakllari farqlanadi. Oʻtkir Leykozga intoksikatsiya xos boʻlib, asosan, t-ra koʻtariladi, ogʻiz boʻshligʻi va tomoqda yiringli-yarali jarayonlar, qonsirash kuzatiladi, asab sistemasi izdan chiqishi mumkin. Qon tarkibi oʻzgarib, bunda normo-, erito – va megaloblastlar koʻpayib ketadi. Periferik qonda anemiya, trobotsitopeniya, leykogramma oʻzgarishi, qon yaratilishining toʻsatdan toʻxtashi va h. k. kuzatiladi. Surunkali Leykoz dastlab sezilmasligi mumkin. Quvvatsizlik, bosh aylanishi, koʻp terlash, apatiya, bir oz harorat koʻtarilishi roʻy beradi. Bemorning suyaklari zirqirab ogʻriydi, meʼda-ichak faoliyati buziladi; jigar, talok, va limfa tugunlari kattalashadi. Ogʻirroq (terminal) qollarda anemiya, trombotsitopeniya avj oladi. Leykotsitlar, xususan bazofil va eozinofillar soni ortadi. Qon va suyak punktatida yetilmagan yosh blastlar, koʻmik punktatida krnning limfoid elementlari giperplaziyasn roʻy beradi. Qonda donador leykotsitlar koʻpayadi, baʼzan gemolitik sindrom (q. Gemoliz) kuzatiladi. Davosi. Oʻtkir L . da va surunkali Leykoz zoʻriqqanda bemor kasalxonada davolanadi. Rentgenoterapiya, quvvatga kiritadigan, kamqonlikka qarshi dorilar buyuriladi, qon quyiladi.
Ensiklopediya.uz
LEYKOZ