LEYDEN

LEYDEN

LEYDEN — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Jan. Gollandiya provinsiyasida. Reyn daryosi deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). Leyden yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qad. markazi. Mashina-sozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1575), un-t kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va b. bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 9-a. da qayd etilgan. 12 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Ensiklopediya.uz
LEYDEN