LEVEND Ogoh Sirri

LEVEND Ogoh Sirri

LEVEND Ogoh Sirri (1894, Rodos oroli — 1979, Anqara) — turk yozuvchisi, turkolog olim. Istanbul un-tining adabiyot f-tini tugatgan (1919). Turk ensiklopediyasining bosh muharriri (1941—51, 1963—66). Anqaradagi Gazi Yegitim in-tida turk adabiyotidan dars bergan (1947—49). Turkiya tilshunoslar jamiyati bosh kotibi va raisi (1941-50). «Ukubatlar» (1928) sentimental romani bor. Atoiy, Navoiy, Fuzuliy adabiy merosi va turkiy tillar tarixi va adabiyotiga bagʻishlab ilmiy asarlar yozgan, xususan, Navo-iyning Turkiya sh. laridagi kutubxonalarda va Istanbuldagi Reven kutubxo-nasida saqlanayotgan va hali fanga maʼlum boʻlmagan qoʻlyozmalari haqida, jumladan, Navoiyning 26 asarini oʻz ichiga olgan, shoir hayotlik davrida Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan koʻchirilgan (1497—99) qoʻlyozma haqida mufassal maʼlumotlar eʼlon qilgan. 1965—68 y. larda Anqarada Navoiy asarlarining 4 jildli toʻplamini nashr ettirgan.

Ensiklopediya.uz
LEVEND Ogoh Sirri