LETALLIK
LETALLIK (lot. letalis — oʻldiradigan) — biror kasallikka yoʻliqqan bemorlarning maʼlum muddat ichida shu kasallikdan oʻlganlar soniga nisbati bilan oʻlchanadigan tibbiy statistik koʻrsatkich. Letallik oʻlim koʻrsatkichidan farq qilib, davolash samaradorligi va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini belgilaydi.
Ensiklopediya.uz
LETALLIK