LEPTONLAR

LEPTONLAR

LEPTONLAR (yun. leptos — yengil, kuchsiz) — oʻzaro kuchli taʼsirlashmaydigan elementar zarralar; ular faqat kuchsiz, elektromagnit va gravitatsi-on oʻzaro taʼsirlarda ishtirok etadi. Barcha Leptonlar 1/2 spiniga ega, yaʼni ular fermionlar hisoblanib, FermiDirak statistikasita boʻysunadi. 1975-y. gacha massasi protonning 0,12 massasidan kichik boʻlgan, Leptonlar gina: — elektron, myuon, elektron va myuon neytrino, shuningdek, ularning antizarralari maʼlum boʻlgan. Elektron modda tarkibiga kiruvchi yagona barkaror lepton hisoblanadi. Pozitron moddadagi elektron bilan qoʻshilib, juda qisqa vaqtda annigilyatsiyalanadi, yaʼni fotonlar (ikkita yoki uchta)ga aylanadi. Tabiatda neytrino va antineytrinolar yadrolarning R-yemirilish jarayonlarida va elementar zarralarning yemirilishidan hosil boʻladi. Ularning massasi nolga yaqin. Yadro reaktorlari neytrinolarning manbai hisoblanadi. Yangi maʼlumotlar protondan ogʻirroq Leptonlarning mavjudligini koʻrsatmoqda. Tarkibida Leptonlar boʻlgan elementar zarralarning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtganda Leptonlar va antilepton sonlari orasidagi farq oʻzgarmas kattalik boʻlib qoladi.

Ensiklopediya.uz
LEPTONLAR