Leonid Yakubovich Haqida

Leonid Yakubovich Haqida

Leonid Yakubovich Haqida

Mundarija скрыть
Leonid Yakubovich Haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Teleboshlovchi Leonid Arkadivich Yakubovich 1945 yil 31 iyulda Rossiyaning Moskva shahrida yahudiy millatiga mansub oilada tug’ilgan.
U yoshligida maktabdan haydaladi va samalyot zavodida elektromexanik sifatida ishlaydi.U O’rta maktabni ishdan keyingi kechki maktabda o’qib tamomlaydi.
Keyinchalik u Moskva elektron muhandislik instituti va Moskva muhandislik qurilish oliygohlarida tahsil oladi.
O’qishni tamomlagach Leonid Yakubovich  Zil avtomobil zavodida ishlay boshlaydi.
 
Keyinroq u televideniyada turli ko’rsatuvlar uchun senariylar yozada va bir nechta dasturlar muallifi sifatida ishlaydi.
1991 yildan boshlab esa barchamizga tanish Pole Chudes yani Mo’jizalar maydoni nomli ko’rsatuvning Boshlovchisi sifatida foliyatini davom ettiradi.
Leonid Yakubovich ushbu dasturda 20 yildan oshiq boshlovchilik qildi.
 
U nafaqat teleboshlovchi balki yozuvchi,aktyor va prodyuser sifatida ham faoliyat yuritgan.
Leonid Yakubovich aktyor sifatida 10 dan oshiq filmlarda qatnashgan.
Leonid Yakubovich
Leonid Yakubovich
 
Uning shaxsiy hayoti haqida: Leonid Yakubovich birinchi Raisa ismli ayolga uylangan ko’p o’tmay u bilan ajrashgan.
Keyinroq u Galina ismli ayol bilan turmush qurgan ularning Artyom ismli bir o’gillari bor.Leonid Yakubovich bu ayol bilan ham ajrashgan.
U uchinchi marta Marina ismli ayolga uylangan hozirda ularning Varvara ismli bir qizlari bor.
 
Leonid Yakubovich o’z faoliyati orqali Rossiya fedaratsiyasida xizmat ko’rsatgan artist,Rossiya federatsiyasi xalq artisti kabi unvonlar va bir necha nufuzli orden va medallar bilan taqdirlangan.
 
Hozirgi kunda 72 yoshdan oshgan Leonid Yakubovich teleboshlovchi sifatidagi faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Leonid Yakubovich Haqida