LEONARDO DA VINCHI

LEONARDO DA VINCHI

LEONARDO DA VINCHI (Leonardo da Vinci, 1452.15.4, Vinchi, Florensiya yaqinida — 1519.2.5, Turen, Fransiya) — italiyalik rassom, haykalta-rosh va olim; Uygʻonish davrining yirik namoyandasi. A. Verrokkyodan taʼlim olgan (1467 — 72). Leonardo da vinchida V. oʻz davrining insonparvarlik gʻoyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi; ilk asarlaridayoq mayin nur-soya vositasida shaklning oquvchan hajmini koʻrsatdi. Asarlarida diniy mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar koʻzgusiga aylantiradi. Hisobsiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda katta mahoratga erishdi. Baʼzan tashki koʻrinish (yuzdagi zoʻrgʻa ilgʻab olinadigan tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik koʻngil holati)ni ifodalaydi: «Madonna Benua» (taxm. 1478), «Qoyadagi madonna» (1483—94, 2-nusxasi 1497—1511), «Maxfiy kechalar» devoriy rasmi (1495—97), «Angyari jangi» (1503—06), «Mona Liza» («Jokonda» nomi bilan mashhur, taxm. 1503), «Ioann Krestitel» (taxm. 1513—17); dunyo halokati ifodalangan «Toshqin» rasmlar turkumi (taxm. 1514 — 16)da tabiatning dahshatli ofatlari oldida insonning ojizligi, tabiiy jarayenlarning takrorlanishini akliy tasavvuri b-n uygunlashtiradi.

Ensiklopediya.uz
LEONARDO DA VINCHI