LEGIRLASH

LEGIRLASH

LEGIRLASH (nem. Legieren — eritmoq) — metall qotishmalarga, maʼlum kimyoviy tarkibga, strukturaga va ke-rakli xossaga ega boʻlgan krtishmalar olishga imkon beruvchi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden va b.) qoʻshish. Odatda, suyuq holatdagi, kamdan-kam qattiq holatdagi metall qotishmalar legirlanadi. Legirlash yoʻli bilan qotishmalarning mustahkamligi va plastikligi oʻzgartiriladi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, issiqbardoshligi, magnit xossalari va b. oshiriladi. Legirlashning hajm va yuza boʻyicha Legirlash, kompleks Legirlash (qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga atomlar kiritish) xillari xam bor.

Ensiklopediya.uz
LEGIRLASH