LEBEDEV Petr Nikolayevich

LEBEDEV Petr Nikolayevich

LEBEDEV Petr Nikolayevich [1866. 24.2(8.3) – Moskva – 1912. 1(14)3] – rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan. Moskva un-ti prof. (1900—11). 1891-y. da oʻzidan nur chiqaradigan jismlar orasida oʻzaro itarishish kuchi mavjudligini, bu esa yorugʻlik bosimi tufayli ekanligini hamda yorugʻlik bosimi taʼsirida dumli yulduzlar paydo boʻlishini isbotlagan. Birinchi boʻlib millimetrli elektromagnit toʻlqinlarni qosil qilgan (1895) va ularni oʻrgangan. Qattiq jismlarga (1899) va gazga (1908) yorugʻlik bosimi taʼsir etishini kashf etgan va uni oʻlchagan. Bu bilan u yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini miqdor jihatdan tasdiqlagan. Yer aylani-shining yer magnetizmini hosil boʻlishiga taʼsirini oʻrgangan. Rossiya FA fizika in-ti uning nomi bilan ataladi.

Ensiklopediya.uz
LEBEDEV Petr Nikolayevich