Laylak bilan tulki haqida to’liq ma’lumot oling
DO`STLARGA ULASHING:
Laylak bilan tulki do’st bo’lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:
— Tulkiboy, sen uyga qarab o’tir. Men uchib borib o’zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay, — debdi.
Tulki rozi bo’lib, uyda bolalarga qarab qolibdi. Laylak ovga ketibdi.
Tulki uyda o’zining va laylakning bolalariga qarab o’tiraveribdi, oradan besh kun o’tibdi, etti kun o’tibdi, laylakdan darak bo’lmabdi. Tulkining qorni nihoyatda ochib, holidan ketay deb qolibdi, ochdan o’lar holga kelibdi. Tulki u yoq-bu yoqqa qarab, hech kim yo’qligidan foydalanib, laylakning bitta bolasini tappa bosib eb qo’yibdi. Bolani eb bo’lgandan keyin qarasa, laylak ikki toshbaqa, beshta qurbaqa, ikki ilonni ko’tarib olib, ovdan kelyapti. Tulki aytibdi:
— Ey attangg-a, bir kun qarasam bo’lar ekan, do’stim ancha oziq olib kelar ekan, nima deb javob beraman, —deb yig’lay boshlabdi.
Laylak uyga kelsa tulki do’sti yig’lab o’tirgan emish. Laylak:
— Ey tulki do’stim, nega yig’laysan? — deb so’rabdi. Tulki yig’i aralash:
— Hay, hay laylak do’stim, bo’yni uzunjonning biri kasal bo’lib o’lib qoldi, shunga yig’layapman, — deb suyaklarini ko’rsatibdi.
Laylak xafa bo’libdi. Yig’labdi va bolasini olib, boshqa yoqqa uchib ketibdi.
Malumotlar
Laylak bilan tulki