Layfxak: YouTube’dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
Layfxak: YouTube’dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish Aytaylik, bir qancha kanallarga obuna bo‘lgansiz, biroq kuzatmayabsiz yoki kuzatishga vaqt ajrata olmayabsiz. Normal algoritmlarni hayotga qaytarish va o‘z tasmangizga bemalol murojaat etish uchun — obunalaringizni tozalang, ya’ni ularni bekor qiling. Buni qo‘shimcha dastur va kengaytmalarsiz amalga oshirish mumkin: 1️⃣. Chrome’ni ishga tushiramiz va YouTube’dagi obunalarni boshqarish (https://www.youtube.com/feed/channels) sahifasiga o‘tamiz (Bunda joriy Google-akkauntingiz brauzerda faol holda turgan bo‘lishi lozim). 2️⃣. So‘ngra CTRL + SHIFT + J klavishlari birikmasi yordamida dasturchi konsoli (консоль разработчика)ga murojaat etamiz. 3️⃣. “Console” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz, ushbu kodni (https://telegra.ph/Skript-dlya-avtomaticheskoj-otpiski-ot-kanalov-na-YouTube-06-27) nusxalab olib konsolga joylashtiramiz va ENTER’ni bosamiz. Natijada skript sichqonchaning harakatini imitatsiya qiladi, mustaqil ravishda obunalarni ketma-ket, navbati bilan bekor qiladi. 📝 Manba: @bugnotfeatureLayfxak: YouTube’dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
DO`STLARGA ULASHING:
Layfxak: YouTube’dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish