LAVRENTIY QIRLARI
LAVRENTIY QIRLARI — Shim. Amerikaning shim.-sharqiy qismidagi qirlar. Kanada va qisman AQSH hududida. Shim. va shim.-sharkdan Atlantika okeani oʻrab turadi. Mayd. 5 mln. km2. Bal. 200—400 m, sharqiy qismi (Labrador ya. o.) nisbatan balandroq (Tornga togʻi, 1676 m). Lavrentiy qirlari gneys, kristalli slanes, granit, dioritlardan tuzilgan. Temir rudasi, nikel, oltin, uran va b. foydali qazilmalarga boy. Pleystotsenda muz b-n qoplangan. Muz oʻygan chuqurliklarda koʻllar paydo boʻlgan. Lavrentiy qirlari moʻtadil va subarktika iqlim minta-qalarida joylashgan. Qishning uzoq, yozning salqin va qisqa bulishida Labrador sovuq oqimining taʼsiri bor. Toʻng yerlar, koʻl va daryo koʻp. Yirik daryolari: Cherchill, Nelson, Bak va b. Daryolari serostona, bahorda toʻlib oqadi. Shim. dan janubga tomon tundra, oʻrmon-tundra va tayga zonalari almashib boradi. Mox, lishaynik, qayin, oq qaragʻay, tilogʻoch, zarang, oq qayin oʻsadi. Shimol bugʻusi, qutb tulkisi, lemming, qutb boʻrisi, qora ayiq, suvsar, bobr, ondatra va b. yashaydi.
Ensiklopediya.uz
LAVRENTIY QIRLARI