LATISH TILI

LATISH TILI

LATISH TILIlatishlar tili. Hind-yevropa oilasining boltiq tillari guruhiga mansub. Latish tilida 1 mln. 300 mingga yakin kishi gaplashadi (2000). U 3 ta asosiy — oʻrta latish (Markaziy Latviya; bu dialekt asosida adabiy Latish tili shakllangan), livon (Kurzemening shim. va Vidzemening shim.-gʻarbiy qismlari), yuqori latish (Sharqiy Latviya) laxrkalariga boʻlinadi. Latish tilida arxaik xususiyatlar kam, odatda, urgʻu suzning birinchi boʻgʻiniga tushadi; fonetik tarkibi barcha unlilarning uzun va qisqa boʻla olishi b-n xarakterlidir. Latish tili yozuvi 16-a. da lotin alifbosi asosida paydo boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
LATISH TILI