LAMINAR OQIM
LAMINAR OQIM (lot. lamina — plastinka, qatlam) — suyuqlik yoki gazning tartibli (qatlamli) aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik (gaz) oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam boʻlib siljiydi. Suyukdik (gaz) larning kichik tezlik bilan oqishi, oʻta qovushoq suyukliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib oʻtishi va b. L. o. ga misol boʻladi. Suyuqliklarning ingichka (kapillyar) naydan oqish paytida, podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuklik yoki gaz oqib oʻtayotganda shu sirt yaqinida hosil boʻluvchi chegara qatlamlarda va b. da Laminar oqimni kuzatish mumkin. Suyuqlik (gaz)larning harakat tezligi osha borib, vaqtning maʼlum paytida Laminar oqim tartibsiz turbulent okimga aylanadi.
Ensiklopediya.uz
LAMINAR OQIM