LALITPUR

LALITPUR

LALITPUR, Patan — Nepaldagi shahar, Katmandu vodiysida, Bagxmati daryosi boʻyida. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Hunarmandchilik rivojlangan. Gʻisht z-di, bronza muzeyi bor. Diniy markaz. Shaharga mil. av. 3-a. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Qirol saroyi (9 — 17-a. lar), Budda ibodatxonalari va minorasimon ibodatxonalar (12~18-a. lar), «Oltin monastir» (12-a. da asos solingan) saqlangan. 1934-y. da zilziladan qattiq zarar koʻrgan.

Ensiklopediya.uz
LALITPUR