LAKTAMLAR
LAKTAMLAR (lakt…) — halqasida — (SO) — NR — (bu yerda R — N yoki organik radikal) guruhi boʻlgan aminokarbon kislotalarning ichki siklik amidlari; tautomer «yenol» shakli laktim deyiladi. Laktamlar — kristallar; suvda va organik kislotalarda yaxshi eriydi; amfoter moddalar. Kimyoviy xossalari karbon kislotalar amidlariga oʻxshash, oson alkillanadi, atsillanadi, galogenlanadi. Laktamlar, asosan, aminkarbon kislotalar yoki ularning hosilalarini siklizatsiyalab, shuningdek, galogenokarbon va oksikarbon kislotalarning amidlaridan olinadi. ye-kaprolaktamni polimerlab, polikaproamid hosil qilinadi (polikaproamiddan kapron tolasi tayyorlanadi). Koʻpchilik Laktamlar biologik faol moddalar; jumladan 3-L. laktam antibiotiklari tarkibiga kiradi; poli—N—vinilpirrolidonning suvdagi eritmasi tibbiyotda qon plazmasi sifatida qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
LAKTAMLAR