LAGERLYOF

LAGERLYOF

LAGERLYOF (Lagerlof) Selma (1858.20. 11 – Morbakka – 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akad. aʼzosi (1914). Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — «Iyost Berling haqida saga» (1891). Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. L. Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan soʻng «Dajjolning moʻjizalari» (1898) kitobi va «Quddus» (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan «Nils Xolgerssonning Shvetsiya boʻylab gʻaroyib sayohati» (1906) romani va «Botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha» (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909).

Ensiklopediya.uz
LAGERLYOF