LADOGA KOʻLI

LADOGA KOʻLI

LADOGA KOʻLI (qad. nomi Nevo) – RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi koʻl. Mayd. 17,7 ming km2, orollari bilan birga 18,1 ming km2. Oʻrtacha chuq. 51 m, eng chuqur joyi 230 m. Koʻlda 600 ga yaqin orol (yiriklari — Mantsinsari, Valaam) bor. Koʻl oʻrni tektonik yoʻl bilan paydo boʻlgan. Iqlimi moʻtadil sovuq, fev. da havoning oʻrtacha t-rasi — 8° dan — 10° gacha, iyulniki 16°—17°. Yiliga 550 mm yogʻin tushadi. Volxov, Svir va b. daryolar quyilib, Neva daryosi oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Koʻl atrofi hududi sanoatlashganligi munosabati bilan suvi juda ifloslanib ketgan. Ladoga koʻli boʻyida Priozyorsk, Shlisselburg va b. shaharlar joylashgan.

Ensiklopediya.uz
LADOGA KOʻLI