Lab boʼyogʼi roʼzani ochadimi? Koʼzga dori quyilsa roʼza ochiladimi?
Savol: Ayollar ro‘za bo‘lgan vaqtda labga surtish vositalarini ishlatsalar, ro‘zalari ochiladimi? Javob: Ayollar ro‘za vaqtida labga surtish vositalarini ishlatishlari bilan ro‘zalari ochilmaydi. Lekin labga surtilgan narsa ichkariga ketib qolish ehtimoli bo‘lsa, makruh bo‘ladi. Vallohu a’lam. Savol: Ro‘zador kishi kun davomida misvok ishlatsa bo‘ladimi? Javob: Mo‘min kishi imkon darajada o‘zidan aziyatni ketkazmog‘i lozim. Hanafiy mazhabida ro‘zador kishining misvok ishlatishiga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam. Savol: Ko‘zga dori qo‘yish bilan ro‘za ochiladimi? Javob: Ko‘zga dori qo‘yish bilan halqumda dori ta’mi sezilsa ham ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’atiLab boʼyogʼi roʼzani ochadimi? Koʼzga dori quyilsa roʼza ochiladimi?
DO`STLARGA ULASHING:
Lab boʼyogʼi roʼzani ochadimi? Koʼzga dori quyilsa roʼza ochiladimi?