KYOLN

KYOLN

KYOLN — GFRdagi shahar. ReynVestfaliya yerida, Reyn daryosi boʻyida. Aholisi 962 ming kishi (1998). Kyoln — xalqaro transport yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Muhim daryo porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t). Kyolnda Reyn daryosiga bir nech-ta koʻprik qurilgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, moliya va savdo markazlaridan. Metallsozlik va mashina-sozlik (traktorsozlik, kon sanoati uchun uskunalar i. ch., avtomobilsozlik, vagonsozlik va lokomotivsozlik), elektrotexnika sanoati iqtisodining yetakchi tarmoqlari. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, toʻqimachilik, kimyo, tikuvchilik, oziq-ovqat, poligrafiya, parfyumeriya sanoati korxonalari bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Kyoln — ulgurji savdo va kredit-bank ishlarining yirik markazi. Xalqaro yarmarka va koʻrgazmalar oʻtkaziladi. Metropoliten, un-t (1388), muzeylar, jumladan badiiy hunarmandchilik, Rim-Germaniya, Sharqiy Osiyo sanʼati muzeylari va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklardan roman cherkovlari (10—13-a. lar), gotika sobori (13—19-a. lar), cherkovlar (13—16-a. lar), ratusha (14 — 15-a. lar), turar joylar (13-a.), barokko usulidagi cherkovlar (17 — 18-a. lar) saqlangan. Shahar mil. av. 1-a. dan maʼlum. 785—1273-y. larda arxiyepiskoplik markazi, Oʻrta ayerlarda Ganzannng eng muhim shaharlaridan boʻlgan. 1794—1813-y. larda Fransiya bosib olgan. 1814—15 y. larda Prussiyaga berilgan. 1918—26 va 1945-y. larda ingliz qoʻshinlari tomonidan egʻallangan. 1949-y. dan GFR tarkibida.

Ensiklopediya.uz
KYOLN