KVASNEVSKI

KVASNEVSKI

KVASNEVSKI (Kwasniewski) Aleksandr (1954.15.11, Byalogard) — Polsha prezidenti. Gdansk un-tining transport iqtisodiyoti f-tini tugatgan (1978). Yoshlar harakatida faol qatnashgan. 1977—81 y. larda Polyak talabalari sotsialistik ittifoqi voyevoda pravleniyesi raisi oʻrinbosari, «ITD» haftaligi, «Shtander mlodыx» («Yoshlar bayrogʻi») gaz. muharriri. 1985—87 va 1988—89 y. larda vazir — Vazirlar Kengashi aʼzosi. 1987-y. dan Yoshlar va jismoniy madaniyat ishlari komiteta, Polsha Olimpiya komiteti raisi. 1990-y. dan Polsha Respublikasi Sotsial-demokratiya partiyasi bosh kengashi raisi. 1995-y. noyab. dan Polsha Respublikasi prezidenti. 2002-y. okt. da rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda bulgan.

Ensiklopediya.uz
KVASNEVSKI