KVARKLAR

KVARKLAR

KVARKLAR (ing. quark — dudmal va sirli bir narsa) — adronlar guruhiga mansub hamma mezonlar, nuklonlar va giperonlarning har birining tarkibiy qismini tashkil etuvchi elementar zarralar va antizarralar. K. ning mavjudligi haqidagi farazni 1964-y. da bir-biridan mustaqil tarzda M. Gell-Mann va amerikalik fizik G. Sveyg olgʻa surgan. Bu soʻzni M. Gell-Man irland yozuvchisi J. Joysning «Finnegancha maʼraka» (1939) romanidagi afsonaviy maxluklarning nomidan olgan. Bugungi kunda Kvarklarning 6 turi mavjud boʻlib, ular quyidagi belgilar bilan ifodalanadi — i, d, s, s, t, b. K. va anti Kvarklarning elektr zaryadlari elektron zaryadning – j yoki u qismiga teng va musbat yoki manfiy ishorali boʻlishi mumkin. Ularning spinlari 1/2 ga teng va FermiDirak statistikasiga boʻysunadi.

Ensiklopediya.uz
KVARKLAR