KVANT MEXANIKA
KVANT MEXANIKA, toʻlqin mexanika — nazariy fizikaning juda kichik massali zarra (elementar zarra, atom, molekula va h. k.) ning harakat qonunlarini oʻrganuvchi boʻlimi. 20-a. boshida, yaʼni qator omillar — atomlarning turgʻunligi, fotoeffekt, radioaktivlik va b. ni klassik mexanika va klassik elektrodinamika yordamida tushuntirib berish mumkin boʻlmay qolganda Kvant mexanikani yaratish gʻoyasi paydo boʻldi. M. Plank, A. Eynshteyn va N. Bor kabi olimlarning ishlari Kvant mexanikaning yaratilishiga asos boʻldi.
Ensiklopediya.uz
KVANT MEXANIKA