KVANT KIMYOSI

KVANT KIMYOSI

KVANT KIMYOSI — nazariy kimyoning bir boʻlimi. Kimyoviy birikmalarning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini kvant nazariyasi, xususan, kvant mexanika qonuniyatlari asosida oʻrganadi. Kvant kimyosi elementlarning valentligi, atomlararo kimyoviy bogʻning tabiati, molekulalarning spektroskopik, elektrik, magnit xossalari, reaksion faolligi va tuzilishi masalalarini taxlil qiladi. Shu nuqtayi nazardan Kvant kimyosi fizika va kimyo fanlari oʻrtasidagi nazariy (mustaqil) fan hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
KVANT KIMYOSI