KVANT ELEKTRODINAMIKA

KVANT ELEKTRODINAMIKA

KVANT ELEKTRODINAMIKA — mapdon kvant nazariyasiiiig elementar zarralarnit elektromagnit maydon b-n oʻzaro taʼsirini oʻrganuvchi boʻlimi. Klassik elektrodinamikaaa elektromagnit maydonning faqat uzluksiz xossalari hisobga olinsa, Kvant elektrodinamikada elektromagnit maydonning uzlukli (diskret) xossasi ham eʼtiborga olinadi. 1900-y. da M. Plank mutlaq qora jism nurlanishida monoxromatik yorugʻlik diskret energiya (kvant) holida boʻlishini gipoteza tarzida aytgan. 1905-y. da A. Eynshteyn elektromagnit nurlarning tarqalishi va yutilishi kvantlangan boʻlishini, 1917-y. da esa fotonning nurlanishi va yutilishi ehtimolligi tushunchasini ifodalab berdi. P. Dirak 1927-y. da nurlanishning kvant nazariyasini yaratdi. P. Dirak tenglamasi elektronlarning elektromagnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashuvini hal qilib, elektronlarning fotonlarni chiqarishini, tormoz nurlanishni, elektron-pozitron juft annigilyatsiyasi va b. hodisalarni tushuntirdi. V. Pauli, V. Geyzenberg, E. Fermi va b. olimlar Kvant elektrodinamika masalalarini hal qilish uchun bir qancha sxemalarni taklif etdi. Atomlarning gʻalayonlanishi, vakuumning qutblanishi ham Kvant elektrodinamikaning asosiy masalalari hisoblanadi. Zaryadli zarralar elektromagnit maydonda boʻlmaganda maydon xossalarini kvant mexanikanit umumiy usullari bilan tahlil qilish mumkin.

Ensiklopediya.uz
KVANT ELEKTRODINAMIKA