KVADRANT
KVADRANT (lot. guadrans — chorak, toʻrtdan bir qism) — 1) astronomiyada: a) qad. astronimik asbob; osmon yoritqichlarining ufkdan balandligi, yoritqichlar orasidagi burchak masofalar oʻlchanadi. Kvadrant yoyi aylana uzunligining 1/4 qismi boʻlib, gradus va minutlar bilan shtrixlangan. Oʻrta asrda Sharq astronomlari Kvadrantdan keng foydalanishgan. Oʻrta asr Sharq astronomlari asarlarida turli Kvadrantlar (sinus K., devoriy Kvadrant va b.) bayon qilishgan; b) osmon yoritqichlarining qad. xaritalarida uchraydigan yulduz turkumi. U Hoʻkizboqar va Ajdar yulduz turkumlarini oʻz ichiga oladi;
Ensiklopediya.uz
KVADRANT