KUZNESK KOʻMIR HAVZASI

KUZNESK KOʻMIR HAVZASI

KUZNESK KOʻMIR HAVZASI, Kuz base — Rossiyadagi yirik koʻmir havzalaridan biri. RFning Kemerovo viloyatida Kuznesk soyligi hududida joylashgan. Umumiy mayd. 70 ming km2, shundan koʻmir qatlamliligi 26,7 ming, km2. Geologik tuzilishiga koʻra, yuqori paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasi choʻkindi jinslaridan tashqil topgan. Koʻmirli yotqiziqlar toshkoʻmir, perm, trias, yura, boʻr davrlarida hosil boʻlib, qavatmaqavat joylashgan qumtosh, alevrolit, argillit va koʻmir qatlamlaridan iborat. Yuqori toshkoʻmir davri yotqiziqlari ostrogek svitasi deb atalib, unda 3 ta koʻmir qatlami, quyi perm balaxonsk svitasida 64 ta koʻmir qatlami bor. Yuqori perm yotqiziqlari esa 3 svitaga boʻlinadi (pastdan yuqoriga): Kuznesk svitasida 6 koʻmir qatlami, ilinsk svitasida 64 koʻmir qatlami va yeruvakovsk svitasida 105 koʻmir katlami bor. Quyi yurakonglomerat svitasida 19 koʻmir qatlami mavjud.

Ensiklopediya.uz
KUZNESK KOʻMIR HAVZASI